Instagram reelsingiz uchadimi?
Videongizni yuklang — AI hookni, ushlab turishni, vizual sifatni va trend mosligini baholaydi. Natijada taxmin emas, vaqt belgilari bilan aniq tahrir ro'yxati olasiz.

Hook yo'q, kadr kichik, matn ilinmaydi

Qiziqarli hook va trend montaj bor
Ro'yxatdan o'ting va 1 ta reelsni bepul tahlil qiling.
Muammo
Har hafta kontent chiqarasiz. Natija esa o'zgarmaydi.
Reels tushdi — sabab noma'lum
Ko'rishlar 400 tada qoladi. Instagram sizga nima noto'g'ri ketganini aytmaydi. Siz esa keyingi videoni yana o'sha xato bilan chiqarasiz.
Trendga kech qo'shilasiz
Format ishlayotganini ko'rganingizda, u allaqachon to'yingan bo'ladi. Boshqalar erta chiqib olgan, sizga qoldig'i tegadi.
O'lchamaysiz — taxmin qilasiz
Hook yaxshimi? Montaj tezmi? Hech kim bilmaydi. Kontent strategiya emas, omadga aylanadi.
Qanday ishlaydi
Uch qadam. Besh daqiqadan kam.
MP4 faylni yuklang
Reelsni kompyuterdan yoki telefondan tashlang. MOV ham qabul qilinadi, 200 MB gacha.
AI kadrlar va hookni o'qiydi
Videodan 10 ta kadr ajratiladi. Model birinchi 3 soniyani alohida, qolgan qismini ritm bo'yicha baholaydi.
Aniq tahrirlar bilan hisobot
To'rtta ball, ko'rishlar prognozi va vaqt belgilangan tahrir ro'yxati. Ochib, montajga o'tasiz.
Namuna hisobot
Siz aynan shuni olasiz.
Quyida haqiqiy tahlil ko'rinishi. Har bir tavsiya vaqt belgisi bilan — montajni ochib, to'g'ridan-to'g'ri ishlaysiz.
Birinchi 3 soniya bo'sh ketmoqda
Ritm o'rtacha, kadrlar uzun
Yorug'lik va kompozitsiya kuchli
Format hali ishlaydi, lekin to'yingan
14K
Taxminiy views (kutilma)8K
Minimal14K
Kutilma24K
ViralVizual sifat kuchli, lekin hook yo'q: birinchi 3 soniyada tomoshabinga sabab berilmaydi. Kadrlar uzun bo'lgani uchun 0:06 dan keyin ushlab turish keskin tushadi. Hookni qayta yig'sangiz, shu videoning o'zi ikki barobar ko'proq qamrov olishi mumkin.
- 0:02yuqori
Hook juda sekin — birinchi jumla mazmun bermaydi
→ Birinchi jumlani olib tashlang, videoni harakatdan boshlang
- 0:06yuqori
Kadr 4 soniya o'zgarmaydi, ushlab turish tushadi
→ Bu qismni ikkiga bo'lib, o'rtasiga yaqin plan qo'shing
- 0:11o'rta
Ekranda matn yo'q — ovozsiz ko'rayotganlar yo'qoladi
→ Asosiy fikrni 4-5 so'zlik sarlavha qilib yuqoriga chiqaring
- 0:19o'rta
Yakun ochiq qolgan, harakatga chaqiruv yo'q
→ Oxirgi 2 soniyaga aniq savol qo'ying: "Sizda qaysi biri bor?"
Tariflar
Kreditga to'laysiz, obunaga emas.
1 ta reels tahlili = 15 kredit. Ro'yxatdan o'tganingizda 15 kredit sovg'a — birinchi tahlil bepul.
Savollar
Tez-tez so'raladi
Javobini topmadingizmi? Telegram orqali yozing, tez javob beramiz.
